Navoiyda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2-chorakda 170 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatildi
2021 yilning 2-choragi davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga ko‘rsatilgan 170 mingdan ortiq davlat xizmatlarining 10 mingtasi elektron tarzda, 34 mingtasi sayyor tartibda amalga oshirilgan. Bu haqda DXA Navoiy viloyati boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, markazlar tomonidan ko‘rsatilayotgan 130 turdagi xizmat 150 taga oshgan. Yil yakuniga qadar xizmatlar soni yana 60 taga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘pchiligi farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun ariza berish, STIR aniqlash, pensiya (nafaqa) haqida ma'lumot olish hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Matbuot anjumanida ayrim tashkilot va idoralar tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish holatlarida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yayotgani haqida ham aytib o‘tildi.
Jumladan, 2021 yilning birinchi choragi davomida jami 18 ta tashkilotda o‘rganish o‘tkazilgan hamda 3 616 ta qonun buzilish holati aniqlangan. Shulardan 2 854 tasida muddat buzilgan bo‘lsa, 33 ta murojaat asossiz rad etilgan. Kiritilgan ta'sir choralari natijasida vakolatli idoralarning 5 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan, 1 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 58 nafari ma'muriy jarimaga tortilgan.
Mavzuga oid
14:11
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024