Qoraqalpog‘istonda soxta PSR test natijalarini pullayotgan shaxs aniqlandi
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qalbaki PSR test natijalarini sotgan shaxs qo‘lga olingan.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 21 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Transportda XTB Nukus xalqaro ayeroporti xodimlari tomonidan «Nukus–Aqtau» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketmoqchi bo‘lgan 3 nafar shaxsning hujjatlari tekshirilganida, qo‘lidagi PSR test ma'lumotnomasi soxta ekanligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu fuqarolar hech qanday test tahlili topshirmasdan Chimboy tumanida yashovchi B. ismli tanishi orqali PTSR qog‘ozini 150 mingdan jami 450 ming so‘mga sotib olganligi ma'lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq To‘rtko‘lda 2,5 ming dollarni totalizatorga yutqazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
10:30 / 10.11.2024
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
18:32 / 28.10.2024
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:17 / 25.10.2024
Qo‘ng‘irot–Beyneu yo‘lining 240 kilometrlik qismi foydalanishga topshirildi
12:10 / 25.10.2024