Sirdaryoda joriy yilning o‘tgan davrida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 144 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan
Sirdaryo viloyatida 2021 yil 1 iyun holatiga 9 428 nafar bolalar ta'minoti uchun 8 520 nafar qarzdordan aliment to‘lovlari undirildi. Shu davrda taraflarni o‘zaro yarashtirish natijasida 280 ta oila qayta tiklandi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmaljon Mirzakarimov 29 iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildi.
Voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan JKning 122-moddasi bo‘yicha 23 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 74,4 mln so‘m moddiy zarar undirildi. MJtKning 474-moddasiga asosan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 144 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
2021 yilning dastlabki 5 oyi davomida MIB Sirdaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan jami 1 trln 74,8 mlrd so‘mlik 83 ming 319 ta ijro hujjatlari ko‘rib chiqilgan. Jumladan, mazkur davrda 761 mlrd so‘mlik (42 874 ta) ijro hujjatlari yuzasidan 312 mlrd so‘m mablag‘ amalda undirilgan. Shundan, davlat budjetiga undirilgan mablag‘ 155 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 613 mln so‘mlik mol-mulklar va valuta mablag‘lari davlat daromadiga o‘tkazilgan.
Coliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha olib borilgan harakatlar natijasida 138 mlrd so‘m mablag‘ amalda undirilgan. Sudlar hamda vakolatli organlarning qarorlari asosida davlat foydasiga 7 mlrd so‘mlik jarima undirildi. Shundan, yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalar miqdori 2 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga 157 mlrd so‘m undirilgan bo‘lib, shundan 6 mlrd so‘mdan ziyod qarzdorlik tadbirkorlik sub'yektlari foydasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024
Alimentdan qochib yurgan otani “ilintirgan” xodim – MIB operatsiyasi tafsilotlari
13:57 / 29.10.2024