Jahon | 12:13 / 01.07.2021
17856
4 daqiqa o‘qiladi

Donald Ramsfeld vafot etdi. U «terrorga qarshi urush» me'mori bo‘lgandi

Pentagonning sobiq rahbari, prezident kichik-Jorj Bush ma'muriyati Afg‘oniston va Iroqda urush boshlashida muhim rolni o‘ynagan Donald Ramsfeld Nyu-Meksiko shtatining Taos shahrida 88 yoshida vafot etdi.

Foto: Getty Images

Ramsfeldning yaqinlari uning tvitterdagi sahifasida shu haqda ma'lum qilishdi. Oila vakillari o‘limga xavfli o‘smaning bir turi bo‘lgan miyeloma kasalligi sabab bo‘lganini bildirishgan.

Ramsfeld tarixga ketma-ket emas, ko‘p yillik farq bilan hukumatda bo‘lgan ikki prezident ma'muriyatida AQSh mudofaa vaziri sifatida ishlagan yagona shaxs sifatida tarixga kirgan. Turli prezidentlar davrida bu lavozimda ishlagan boshqa vazirlar esa Oq uyda jamoa almashganda ham lavozimini saqlab qolganlardir.

Niksondan kichik-Bushgacha
Ramsfeld Vashingtondagi faoliyati Kongressda boshlagan, u 1963-1969 yillarda Illinoys shtatining 13-okrugidan vakil bo‘lgan. 1970 yilda yosh kongressmen prezidenta Richard Niksonning maslahatchisiga aylanadi.

Donald Ramsfeld, Genri Kissinjyer va Richard Nikson, 1974 yil

Ko‘p o‘tmay uni NATOdagi elchi sifatida tayinlashadi, ammo Bryusselga safar Uotergeyt mojarosi va Niksonning iste'fosi tufayli amalga oshmay qoladi. Ramsfeld yangi prezident Jyerald Ford ma'muriyati rahbariga aylanadi.

1975-1977 yillarda Ramsfeld Ford ma'muriyatida mudofaa vaziri bo‘lgan, 43 yoshida bu lavozimni egallagan eng yosh vazirga aylangan.

U Qo‘shma Shtatlar fuqarolari uchun joriy etilgan eng oliy mukofot - Prezident ozodlik medali bilan taqdirlangan va hukumatni tark etib, o‘n yillar mobaynida xususiy sektorda ishlagan.

2001 yilda prezident kichik Jorj Bush Ramsfeldni mudofaa vaziri etib tayinlaganida u endi bu lavozimni egallagan eng keksa vazir bo‘ladi - u lavozimining oxirgi yilida 74 yoshda edi.

Bu lavozimda Ramsfeld Iroqda kampaniya boshlash tashabbuskorlaridan biri bo‘ladi. U Saddam Husayn rejimi ixtiyoridagi ommaviy qirg‘in qurollari butun insoniyatga tahdid solayotganini aytadi. Keyinroq Iroq bunday qurollarga egalik qilganiga dalillar bo‘lmagani ma'lum bo‘ladi.

«Terrorga qarshi urush» me'mori
Bushning ma'muriyatini o‘shanda Kongressning ko‘plab a'zolari (nafaqat Respublikachilar partiyasi, balki Demokratik partiya vakillari ham) qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirgi prezident, o‘sha vaqtda nufuzli senatorlardan bo‘lgan Jo Bayden ham Iroqda harbiy amaliyot boshlash uchun ovoz beradi.

Ammo vaqt o‘tib «terrorga qarshi urush» - xorijdagi harbiy harakatlar AQShni o‘z hududidagi teraktlardan asrashi haqidagi konsepsiya - Amerika tashqi siyosatidagi eng muvaffaqiyatsiz sahifalardan biriga aylandi va uni hozirda ikki partiya ham tanqid qiladi.

Bu urush me'mori bo‘lgan Ramsfeld esa Amerikaning eng munozarali siyosatchilaridan biri bo‘lib qoladi. Tinchlikparvarlar va so‘l faollar hujjatli filmlar ishlovchi rejissyor Maykl Murga ergashib, uni harbiy jinoyatchi deb atay boshlashadi.

Ammo Ramsfeld oxirigacha o‘zining haqligini aytib keladi, uning 2011 yilda chiqqan «Ma'lum va noma'lum» nomli memuarlarida Bush ma'muriyatining Iroqda urush boshlash haqidagi qarorini himoya qilgan.

Donald Ramsfeld va Islom Karimov, 2001 yil

Mavzuga oid