Jizzaxda 3 gektar yerni 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jizzax viloyatida tadbirkorga tegishli 3 gektar yerni 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qlinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyatini sodir etgan L.A. va F.I. ushlangan.
Ular, oldindan til biriktirib, qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun tadbirkorga ajratilgan yer maydonidan uning xabardorligisiz boshqa bir fuqaroga har bir gektarini 15 ming AQSh dollaridan hisoblab, jami 3 gektarini 45 ming dollariga sotishga kelishgan. So‘ng, xaridordan kelishilgan puldan 10 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
14:20 / 24.10.2024
Xohish bo‘lsa bas: tashlandiq yerlarni bo‘stonga aylantirganlar
14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
16:21 / 26.09.2024