Jahon | 18:24 / 02.07.2021
11088
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda COVID-19 qurbonlari soni 400 mingdan oshdi

Hindiston AQSh va Braziliyadan so‘ng ushbu ko‘rsatkich qayd etilgan uchinchi mamlakat bo‘ldi.

Foto: RIA Novosti

Hindistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 400 mingdan oshdi.

Hindiston AQSh va Braziliyadan so‘ng ushbu ko‘rsatkich qayd etilgan uchinchi mamlakat bo‘ldi.

Ekspertlarning fikricha, aslida bu raqam yanada ko‘proqni tashkil etishi mumkin, chunki Hindistonda ko‘plab o‘lim holatlari rasman qayd etilmaydi.

Mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 30 milliondan oshgan, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u faqat AQShdan ortda qolmoqda (33,6 million holat).

Oxirgi haftalarda Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari sutkasiga 40 mingga tushdi. May oyida kuniga 400 ming holat qayd etilgandi.

Shu bilan birga, ekspertlar mamlakatda koronavirusning uchinchi to‘lqini yuz berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Hindistonda koronavirusga qarshi emlash yanvarda boshlangandi, ayni vaqtga kelib aholining atigi 5 foizi to‘liq emlandi.

Mavzuga oid