AQSh Kobuldagi elchixonasi xodimlarini zudlik bilan evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqmoqda
Ushbu reja "AQSh elchixonasini qo‘riqlayotgan Amerika harbiylari va Afg‘oniston hukumat kuchlari "Tolibon" hujumiga dosh berolmay qolishi ehtimoli uchun tuzilmoqda.
Amerika harbiy qo‘mondonligi Afg‘onistondagi elchixonasi xodimlarini “Tolibon” harakati tomonidan hujum bo‘lganida zudlik bilan evakuatsiya qilish rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, AQSh rahbariyati oxirgi paytda Afg‘onistondagi diplomatlari va harbiylarini majburiy evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqishni tezlashtirdi.
Gazetaning aniqlik kiritishicha, ushbu reja "AQSh elchixonasini qo‘riqlayotgan Amerika harbiylari va Afg‘oniston hukumat kuchlari "Tolibon" hujumiga dosh berolmay qolishi ehtimoli uchun tuzilmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden 14 aprel kuni Afg‘onistondagi harbiy operatsiyani yakunlashga qaror qilganini bildirdi. May oyida Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Qo‘shinlar 11 sentyabrgacha Afg‘onistonni to‘liq tark etishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024