O‘zbekiston | 08:51 / 03.07.2021
14782
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan uch nafar yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “Mirzadala” shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda “Rostda”.

Qayd etilishicha, ushbu fuqaro 2001 yilda tug‘ilgan qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning o‘g‘irlangani aniqlangan. 

Ma'lum bo‘lishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni “Nexia”ga majburlab mindirib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga olib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tumanining “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.M., “Yerjar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.M. hamda B.A.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid