O‘zbekistonga Amerika davlatlari tashkiloti huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomi taqdim etilmoqda
2021 yil 2 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) bosh kotibi Luis Almagro bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va ADT o‘rtasida turli sohalarda sheriklik aloqalarini o‘rnatishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari mamlakatga tashkilot huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini taqdim qilish masalasining ijobiy ko‘rib chiqilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama darajadagi muloqotni munosabatlarga tizimlilik xarakterini berish orqali mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
ADT a'zo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni oshirish, O‘zbekistonda sanoatni modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga muhim e'tibor qaratildi. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, inson huquqlarini himoya qilish sohalarida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi kurashish va korrupsiyani bartaraf etish masalalari bo‘yicha tajriba almashishning muhimligi qayd etildi.
ADT rahbari 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga taklif etildi.
Amerika davlatlari tashkiloti – 1948 yilda Panamerika ittifoqi (1889 yilda tuzilgan) negizida vujudga kelgan xalqaro tashkilot. Maqsadi – hamkorlikni mustahkamlash, a'zo mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish. Shimoliy va Janubiy Amerikaning 34ta davlati tashkilotga a'zo hisoblanadi. ADT Amerika mamlakatlari o‘rtasida qator xalqaro kelishuvlar, jumladan, korrupsiyani bartaraf etish sohasida bitim imzolanishining tashabbuskori bo‘lgan. Tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xususan, uni terrorizmga qarshi kurashish, inson huquqlarini himoya qilish va mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashish orqali mustahkamlashni ADT o‘z asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Tashkilot bosh qarorgohi Vashington shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024