O‘zbekiston | 09:20 / 06.07.2021
6075
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda «Kamaz» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Kobalt» haydovchisi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida «Kamaz» yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, «Kobalt» bilan to‘qnashgan. Oqibatda «Kobalt» haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 iyul tonggi soat 3:30larda M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jarqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi 1591-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Jarqo‘rg‘on-Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan «Kobalt» mashinasi ro‘parasidan  kelayotgan «Kamaz» yuk mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda «Kobalt» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Kamaz» yuk mashinasi haydovchisini boshlig‘i yo‘lga majburlab chiqargan. Natijada u uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va «Kobalt»ning yo‘liga chiqib ketgan.

Mavzuga oid