Navoiyda noqonuniy tartibda alyuminiydan uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarayotgan korxonalar aniqlandi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida noqonuniy tartibda alyuminiydan uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarayotgan korxonalar aniqlangan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi mas'ul xodimlari hamda shu hududning mahalla raislari bilan Qiziltepa tumanining «Yashnobod» hamda «Gulzor» MFY hududida o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish davomida «Gulzor» MFYda joylashgan sanoat zonasi hududida «Kristall elegant invest» korxonasi hamda «Yashnobod» MFYdagi sanoat zonasi hududida «Azizbek Farangiz Grant» korxonasi noqonuniy tartibda alyuminiy eritib, har xil uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarilayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, har ikki korxonada ishlab chiqarish jarayonida atmosfera havosiga inson salomatligiga ta'sir ko‘rsatuvchi turli xil moddalar chiqarilgan. Bundan tashqari, hosil bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari bilan hudud hamda hududdan tashqari joylar ifloslantirilgan.
Alyuminiy eritish korxonalari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi «Atrof-muhitga ta'sirini baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 541-sonli qaroriga asosan, atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatuvchi 1-toifaga mansub (yuqori darajadagi xavfli) obekt hisoblanadi. Shu sababli, har ikkala korxona qonuniy faoliyat yuritish uchun Qiziltepa tuman Ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan ularga ogohlantirish xatlari berilgan. Ularga qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024