O‘zbekiston | 13:39 / 11.07.2021
29137
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i G‘ofur Saidov salomatligi yomonlashgani sababli lavozimni tark etdi. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev o‘tkazgan yig‘ilishda ma'lum qilindi.

Buxoro viloyati SSB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yilning 10 iyul kuni boshqarmada viloyat hokimi o‘rinbosari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda Mirali Hamroyev G‘afur Saidovning salomatligi tufayli ishdan bo‘shayotgani haqidagi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘ini o‘qib eshittirgan.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib, ayni damgacha boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Asqar Soliyevich Bahronov tayinlangan.

Asqar Bahronov

G‘afur Normurodovich Saidov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali direktori lavozimiga o‘tkazilgan.

G‘afur Saidov boshqa lavozimga kuzatilmoqda

U 2020 yilning iyul oyida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanishidan oldin ham  filial direktori lavozimida ishlagandi.

Mavzuga oid