Jahon | 15:24 / 14.07.2021
10923
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonning 80 nafarga yaqin fuqarosi Tojikistonga qochib o‘tdi

13 iyul kuni 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar bola toliblar ta'qibidan qochib Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan.

«Tolibon» harakati jangarilaridan jon saqlash maqsadida 77 kishi Afg‘onistonning Vaxan uyezdidan Tojikiston hududiga qochib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 13 iyul kuni 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar bola toliblar ta'qibidan qochib Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan. Ular Badaxshon viloyati Vaxan uyezdidagi Andemin qishlog‘i fuqarolari hisoblanadi.

Tojikistonlik chegarachilar «insonparvarlik nuqtayi nazaridan» qochqinlarning mamlakat hududiga o‘tishiga ruxsat bergan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Afg‘oniston armiyasining mingdan ortiq harbiysi toliblar bilan janglardan chekinib, jon saqlash uchun Tojikiston hududiga qochib yashirinishga majbur bo‘ldi.

«Xovar» axborot agentligi chegara qo‘shinlari matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 5 iyulga o‘tar kechasi Tojikistonga chegara orqali 1037 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi kirgan. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bir kun oldinroq, 4 iyul kuni Tojikistonga yana 94 nafar afg‘on harbiysi qochib o‘tgandi.

Mavzuga oid