Navbahor hokimining 3 nafar fermerdan yerini olib qo‘yish haqidagi qarorlari sudda noqonuniy deb topildi
Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimining 3 nafar fermerning yerini olib qo‘yish haqidagi qarori sudda noqonuniy deb topilgan. Bu haqda Biznes-ombudsman matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 3 nafar fermer xo‘jaliklarga tegishli yer maydonlari tuman hokimligi tomonidan noqonuniy ravishda olib qo‘yilganligi yuzasidan Biznes-ombudsmanga murojaat kelib tushgan.
Aniqlanishicha, 2017 yilda Navbahor tuman hokimligi tomonidan 3 nafar fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijara shartnomalari asosida jami 4 038 gektar yer maydonlari ajratilgan. Ammo keyinchalik, mazkur shartnomalar tuman hokimi tomonidan noqonuniy ravishda bir tomonlama bekor qilingan.
Qayd etilishicha, Biznes-ombudsman tomonidan yeri olib qo‘yilgan 3 nafar fermer xo‘jaliklarining manfaatlari yuzasidan Navoiy tumanlararo ma'muriy sudiga da'vo arizalari kiritilgan. Sud tomonidan Navbahor tuman hokimi qabul qilgan qarorning fermer xo‘jaliklariga tegishli qismlari bekor qilinib, tadbirkorlarning yer maydonlariga bo‘lgan huquqlari tiklangan.
Mavzuga oid
14:11
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
16:04 / 01.11.2024