Jahon | 17:55 / 16.07.2021
10541
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda fotojurnalist halok bo‘ldi - u Pulitser mukofoti laureati edi

Afg‘onistonda Reuters fotojurnalisti - Pulitser mukofoti laureat Danish Siddiqiy halok bo‘ldi.

© AP Photo / Rahmat Gul

Reuters agentligi fotojurnalisti, Pulitser mukofoti laureat Danish Siddiqiy Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida, Spin-Boldak aholi yashash punktida ro‘y bergan to‘qnashuvlar vaqtida halok bo‘ldi.

Qandahor gubernatori vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu jurnalist so‘nggi kunlarda viloyatdagi vaziyatni yoritib kelayotgandi.

Siddiqiy 2018 yilda Reuters fotoxizmati tarkibida Myanmadagi rohingyalarning qochqinligi mavzusiga bag‘ishlangan turkum suratlari uchun «badiiy fotografiya» nominatsiyasida Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgandi.

Avvalroq «Tolibon» harakati Pokiston bilan chegaradagi muhim strategik punktni o‘z nazoratiga olgani haqida ma'lum qilgandi. Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi Spin-Boldak punkti savdo nuqtayi nazaridan muhim strategik ahamiyatga ega hisoblanadi.

  • Afg‘onistonda hukumat kuchlari va «Tolibon» harakati vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda, ko‘p vaqt davomida asosan mamlakatning qishloq hududlarida faoliyat ko‘rsatgan toliblar, amerikalik harbiylar mamlakatdan olib chiqilishi boshlangach, keng ko‘lamli yurishlar boshladi va ko‘plab tumanlar markazlari egallab olindi. 
  • 2020 yilda Donald Tramp ma'muriyati «Tolibon» bilan 20 yilga yaqin davom etgan urushni yakunlash va xorijiy harbiylarni Afg‘onistondan olib chiqish bo‘yicha kelishuv imzoladi, unga ko‘ra, toliblar mamlakat hududida terrorchi kuchlar faoliyatiga yo‘l qo‘ymasligi va Kobuldagi rasmiy hukumat bilan asirlar almashib, tinchlik muzokaralariga kirishishi ko‘zda tutilgandi.

Mavzuga oid