O‘zbekiston | 14:45 / 16.07.2021
1560
2 daqiqa o‘qiladi

Bir yarim yildan buyon aliment pulini to‘lamay yurgan ota 15 sutkaga qamaldi

Shahrixonda ikki nafar farzandining aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda MIB Andijon viloyati boshqarmasi xabar bermoqda. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tumani sudining 2021 yil 15 iyuldagi qaroriga ko‘ra, X. X. turmush o‘rtog‘i R. X. foydasiga to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment to‘lashi lozimligi belgilangan.

Biroq X. X. aliment to‘lashdan bosh tortib yurgani sabab, 2020 yilning 1 yanvaridan 2021 yilning 1 iyuliga qadar, ya'ni bir yarim yil davomida uning qarzdorligi 20 million 961 ming 526 so‘mga yetgan.

X. X.dan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmagani sababli unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tumani sudiga yuborilgan.

Sud qarori bilan qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid