O‘zbekiston | 14:01 / 16.07.2021
5505
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, fuqaro B. A. o‘zga bir fuqaroni aldab, Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 20 sotix yerni 8 000 dollarga sotishga kelishadi. Firibgar huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kelishilgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan B. A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jondor tumanida o‘ziga tegishli bo‘lgan yerning 70 sotixini 2 ming dollarga sotayotgan fermer ushlangandi.

Mavzuga oid