O‘zbekiston | 10:10 / 16.07.2021
22777
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: Yangi holatlar soni 800dan oshiq, yana 4 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 478 kishida koronavirus, 357 kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 15 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118380 (+478) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 34 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 35 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 32 nafari Jizzax viloyatida,
  • 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 14 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 35 nafari Samarqand viloyatida,
  • 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 31 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 33 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 62 nafari Toshkent viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 46 nafar,
  • Buxoro viloyatida 15 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 13 nafar,
  • Namangan viloyatida 30 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 20 nafar,
  •  Xorazm viloyatida 75 nafar,
  • Toshkent viloyatida 32 nafar,
  • Toshkent shahrida 77 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 113261 (+320) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 789 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid