O‘zbekiston | 16:41 / 17.07.2021
2700
1 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy olib kirilgan tilla va tilla kukunlari ushlandi

Namangan shahrida fuqaroning yonidan yarim kilodan oshiq tilla va tilla kukunlari topildi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro M. A.ning buyumlari ko‘zdan kechirilgan. Natijada, unga tegishli 1 dona paketga joylangan, muqaddam qo‘shni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan, og‘irligi 606 gramm bo‘lgan tilla va uning kukuni borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qiymati 400 million so‘mlik tilla va uning kukunlari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid