Afg‘oniston mudofaa vazirligi “Tolibon”ning 200dan ortiq jangarisi yo‘q qilingani haqida xabar berdi
Yakshanba kuni 136 nafar tolib yo‘q qilingani va 81 nafari yaralangani haqida xabar berilgandi.
Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari o‘tgan sutkada “Tolibon” harakatining 233 nafar jangarisini yo‘q qildi, 88 nafar jangari yaralandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.
Vazirlikning bildirishicha, “armiya Nangarhor, G‘azni, Qandahor, Juzjon, Sari-Pul, Faryob, Balx, G‘ilmind, Tohar va Qunduz viloyatlarida operatsiyalar o‘tkazgan”. Operatsiya davomida qo‘lbola portlovchi qurilmalar zararsizlantirilgan, jangarilarning qurol-yarog‘ va avtomobillari yo‘q qilingan.
Yakshanba kuni 136 nafar tolib yo‘q qilingani va 81 nafari yaralangani haqida xabar berilgandi.
18 iyul kuni Qatar poytaxti Dohada afg‘on siyosatchilari va “Tolibon” delegatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi. Tomonlar tinchlik muzokaralarini davom ettirishga kelishishgan, ammo o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida sulh tuzilmagan.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024