Buxoroda 60 mln so‘m evaziga fuqaroni OTMga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan talabalarga jinoyat ishi ochildi
Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritishni va'da qilib, firibgarlik qilgan ikki nafar talaba qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, G‘ijduvon tumanida yashovchi, Toshkent davlat agrar universitetining 4-bosqich talabasi I. O. va Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 3-bosqich talabasi U. Sh. fuqaro Q. J.ni Buxoro davlat universitetining iqtisod fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lishgan.
Talabalar “xizmati uchun” 60 million so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olayotganda Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoro davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi fuqaroni magistratura yo‘nalishiga o‘qishga kiritish uchun 2 500 AQSh dollari olayotganda ushlangandi.
Mavzuga oid
11:34
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024