Surxondaryoda mast holda mashina boshqargani uchun jazolangan haydovchi «avariya» sodir etdi. Bir kishi halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida mast holda mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtinchalik olib qo‘yilgan haydovchi «Lasetti» mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda bir kishi vafot etdi. Yana bir necha kishi tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 iyul kuni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-101 avtomobil yo‘lining Jarqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi 4-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. «Lasetti» haydovchisi Kakaydi-Jarqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan «Neksiya» mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Lasetti» mashinasi haydovchisi tezlikni me'yordan oshirib harakatlangan. U yo‘lning nosoz joyini aylanib o‘tishga urinib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘parasidan kelayotgan «Neksiya»ga urilgan.
Shuningdek, «Lasetti» haydovchisi 2020 yil yanvar oyida spirtli ichimlik ichib, mashina boshqargani uchun vaqtinchalik mashina boshqarish huquqidan mahrum qilingani aniqlangan. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda u tegishli hujjatlarsiz mashina boshqargan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida «Neksiya» yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchilar va qolgan yo‘lovchilar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:08 / 08.11.2024
Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
22:54 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
20:50 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonidagi halokatda uch kishi vafot etgani tasdiqlandi
18:04 / 06.11.2024