Jahon | 18:33 / 22.07.2021
19546
2 daqiqa o‘qiladi

"Tolibon" Turkmaniston va Eron bilan chegarani to‘liq o‘z nazoratiga olganini ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegarasining ham katta qismi toliblar nazorati ostida, faqat Hayraton Kobul nazoratida.

Foto: AP Photo / Tariq Achakzai

"Tolibon" harakati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid harakat Turkmaniston va Eron bilan chegarani to‘liq o‘z nazoratiga olganini ma'lum qildi.

"Turkmaniston va Eron bilan hamda Pokiston bilan (bir nechta kichik uchastkalardan tashqari) chegara to‘laligicha nazoratimizda. Tojikiston bilan chegara Badaxshondan Tohargacha to‘liq bizning nazoratimizga o‘tgan. Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegarasining ham katta qismi toliblar nazorati ostida, faqat Hayraton Kobul nazoratida", – dedi Mujohid.

Hozirgi vaqtda Afg‘onistondagi vaziyat amerikaliklar tomonidan harbiy kontingentning mamlakatdan olib chiqib ketilishi fonida keskinlashgan. “Tolibon” harakati a'zolari bir necha aholi punktlarini, shu jumladan, Tojikiston bilan chegaradagi hududlarni egallab oldi.

AQSh harbiylari 2001 yildan beri Afg‘onistonda bo‘lgan, ular mamlakatga kichik Jorj Bush prezidentligi vaqtida olib kirilgan. Qo‘shinlarning olib chiqib ketilishi may oyi boshida boshlandi, jarayonni avgust oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Mavzuga oid