Jahon | 23:21 / 23.07.2021
10327
2 daqiqa o‘qiladi

JSST pandemiya yakunlanishiga hali ancha borligini aytdi

Foto: AP

Koronavirus pandemiyasi yakunlanishiga hali ancha bor, virusning “delta” shtammi Yevropada ustunlik qilmoqda va keyingi oylarda dunyoda eng keng tarqalgan shtammga aylanadi. Bu haqda JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi va Yevropaning kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi ma'lum qilgan.

“Kuzatuvlar natijalari 28 iyundan 11 iyulgacha “delta” shtammi yetarli ma'lumotlar taqdim qilgan 28ta davlatdan 19tasida ustunlik qilganini ko‘rsatmoqda. Bulardan kelib chiqib, “delta” shtamm keyingi oylarda global ko‘lamda ustunlik qilishini aytish mumkin. Hozirda u Yevropaning barcha davlatlarida aniqlangan. U yangi, raqobatbardosh shtamm paydo bo‘lmaguncha tarqalishda davom etib, qolgan shtammlar o‘rnini egallaydi”, deb aytilgan xabarda.

JSSTning Yevropadagi byurosi direktori Xans Klyugening ta'kidlashicha, pandemiya yakunlanishiga hali ancha bor. Uning aytishicha, aholini emlashga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarga qaramay, “millionlab odamlar emlanmagan va shu sababli ularga shifoxonaga tushish xavf solmoqda”.

Mavzuga oid