Jamiyat | 10:57 / 23.07.2021
8649
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda 240 mln so‘m kredit olib berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan bank xodimi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

«Agrobank» matbuot xizmati bankning Sirdaryo viloyati Sardoba tumani filialida bank xodimi kredit olib berish evaziga pora talab qilayotgani aytilgan video yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Videolavhadagi pora talab qilgan shaxs – O.T. fuqaroga «Har bir oila tadbirkor» davlat dasturi doirasida 240 mln. so‘m kredit ajratilishi evaziga undan 2000 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgani aytilgan. Bank vakillariga ko‘ra, mazkur holat o‘rganilganida o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxsning «Agrobank» Sirdaryo viloyati Sardoba tumani filialiga hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, kredit olmoqchi bo‘lgan MChJ rahbari Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil qilish maqsadida kredit ajratilishi bo‘yicha «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi» doirasida Yagona elektron platforma orqali 2021 yil 9 iyunda murojaat qilgan. Bank tomonidan olib borilgan dastlabki o‘rganishlar natijasida, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etilishi nazarda tutilgan joy MChJga aloqador bo‘lmagan boshqa fuqaroga tegishli ekani aniqlangan. 

«Bundan tashqari, MChJ rahbari N.Musurmonov bevosita kredit yuzasidan Agrobank filialiga murojaat qilmagan», deyiladi «Agrobank» ATB munosabatida.

Mavzuga oid