«Tolibon» AQShning toliblarga qarshi bergan aviazarbalari jiddiy oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantirdi
Avvalroq Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Amerika harbiylari Afg‘oniston armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun toliblarga qarshi aviazarbalar berganini ma'lum qilgandi.
«Tolibon» harakati AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan berilgan zarbalarni «Doha kelishuviga nisbatan ochiqdan ochiq chorlov» deb baholaydi. Bu haqda toliblar bayonotiga tayanib TOLO news telekanali xabar berdi.
«Amerikalik harbiylarning Qandahor va G‘ilmind viloyatlarida afg‘on armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun berilgan aviazarbalari Doha kelishuviga nisbatan ochiqdan ochiq chorlov hisoblanadi. Bu qadam xalqaro koalitsiya uchun jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi», deya toliblar bayonotidan iqtibos keltirgan telekanal.
Avvalroq Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Amerika harbiylari Afg‘oniston armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun toliblarga qarshi aviazarbalar berganini ma'lum qilgandi.
«Qo‘shma Shtatlar xavfsizlikni ta'minlash uchun kelgusida ham Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va hukumatiga yordam berishda davom etadi», – deya qo‘shimcha qilgan Kirbi.