Afg‘onistonning 31 viloyatida komendantlik soati joriy qilindi
Afg‘oniston mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra, oxirgi sutkada Lag‘mon, Nangarhor, Nuriston, Kunar, G‘azni, Paktiya, Qandahor, Hirot, Balx, Juzjon, G‘ilmind, Qunduz va Kapisa viloyatlarida faol jangovar harakatlar bo‘lib o‘tgan.
Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi mamlakatning 34 viloyatidan 31tasida komendantlik soati joriy etilganini e'lon qildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahmad Ziyo Ziyoga tayanib Ariana News nashri xabar berdi.
"Toliblar harakatlanishining oldini olish maqsadida 31 viloyatda komendantlik soati joriy etildi. Cheklov soat 22:00da boshlanadi va soat 4:00da tugaydi", - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, Kobul, Nangarhor va Panjsher viloyatlarida komendantlik soati joriy qilinmaydi.
Afg‘oniston mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra, oxirgi sutkada Lag‘mon, Nangarhor, Nuriston, Kunar, G‘azni, Paktiya, Qandahor, Hirot, Balx, Juzjon, G‘ilmind, Qunduz va Kapisa viloyatlarida faol jangovar harakatlar bo‘lib o‘tgan.
So‘nggi 24 soat ichida Afg‘oniston hukumat kuchlari 262 nafar jangarini yo‘q qilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024
“Tolibon” davlatchilikni qanchalik uddalayapti?
12:46 / 10.09.2024