Jahon | 16:43 / 24.07.2021
11999
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston Afg‘oniston bilan chegaraga harbiylarini jo‘natdi

Qayd etilishicha, harbiylar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashuvchi chegara politsiyasining o‘rnini egallaydi.

Foto: Akhter Gulfam/EPA

Pokiston harbiylar va jangarilar o‘tishini to‘xtatish uchun Afg‘oniston bilan chegaraga armiya jo‘natdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Shayx Rashid Ahmadga tayanib Dawn gazetasi xabar berdi.

"Endilikda chegarani muntazam qo‘shinlar nazorat qiladi", - deya Ahmadning so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

Qayd etilishicha, harbiylar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashuvchi chegara politsiyasining o‘rnini egallaydi.

Ichki ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatdagi beqaror vaziyat sababli Pokiston nafaqat qochqinlar, balki jangarilar va harbiylar chegarani kesib o‘tishining oldini olishiga to‘g‘ri keladi.

Ahmadning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi nizo mamlakatning ichki ishi hisoblanadi va Islomobod hech bir tomonning tarafida bo‘lmaydi.

Avvalroq Shayx Rashid Ahmad Pokiston afg‘onistonlik qochqinlarga o‘z chegaralarini ochmaslikka qaror qilgani haqida aytgandi.

Mavzuga oid