O‘zbekiston | 10:08 / 25.07.2021
24233
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar soni 1200dan ortiq, yana 6 bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 731 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 494 nafarga yetgani, yana 6 kishi kasallik qurboni bo‘lgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 24 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124290 (+731) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 63 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 20 nafari Andijon viloyatida,
- 15 nafari Buxoro viloyatida,
- 91 nafari Jizzax viloyatida,
- 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 13 nafari Navoiy viloyatida,
- 31 nafari Namangan viloyatida,
- 73 nafari Samarqand viloyatida,
- 23 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 79 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 72 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 28 nafari Xorazm viloyatida,
- 88 nafari Toshkent viloyatida,
- 119 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 494 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 105 nafar,
- Buxoro viloyatida 19 nafar,
- Jizzax viloyatida 90 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
- Navoiy viloyatida 15 nafar,
- Namangan viloyatida 32 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 95 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 55 nafar,
- Xorazm viloyatida 40 nafar,
- Toshkent viloyatida 65 nafar,
- Toshkent shahrida 112 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 118638 (+676) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 832 nafarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
10:13 / 08.02.2022