Jahon | 15:40 / 27.07.2021
5686
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning 12 shtati o‘rmon yong‘inlari iskanjasida qoldi

AQShda jami 85ta yong‘in o‘chog‘i qayd etilgan. Yong‘inlarga anomal jazirama issiq va qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan.

Foto: Getty Images

AQShdagi o‘rmon yong‘inlari 12ta shtat hududini qamrab oldi, deb xabar berdi TSN.

Qayd etilishicha, eng yirik yong‘inlar Kaliforniyada bo‘lib, to‘rtta okrugda favqulodda holat e'lon qilingan. Uylar va o‘nlab avtomobillar kuyib kul bo‘lgan. Yana 10 mingta uy xavf ostida.

Oregon shtatida 2 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Yong‘in 70ga yaqin uyni yo‘q qilgan.

AQShda jami 85ta yong‘in o‘chog‘i qayd etilgan. O‘t o‘chiruvchilar ularning yarmini nazorat ostiga olgan. Yong‘inlarga anomal jazirama issiq va qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid