Samarqandda fuqaroni Isroil davlatiga ishga yuborishini aytib pul olgan shaxs ushlandi
Samarqand tumanida fuqaroni Isroil davlatiga ishga yuborishini aytib pul olgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.N. qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, u fuqaro D.ni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 10 000 AQSh dollar olgan. Keyinchalik 6 000 dollarni qaytarib, qolgan 4 000 dollar evaziga uni Avstraliyaga yuborishni va'da qilgan va 4 000 dollarni hozirgacha qaytarib bermasdan aldab kelgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:19 / 28.09.2024
«Hizbulloh» rahbarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
17:35 / 28.09.2024
“Hizbulloh” harakati o‘z yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
13:44 / 28.09.2024
Isroil «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘ldirilganini e’lon qildi
10:30 / 28.09.2024