Qoraqalpog‘iston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi salkam 405,9 mlrd so‘mlik tender savdolarini o‘rganib chiqdi
Qo‘mitaning ma'lum qilishicha, deyarli shartnomalarning barchasida qonunbuzilishi kuzatilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2021 yilning 1-yarim yillik davrida jami 405,9 mlrd so‘mlik 430 ta shartnomalar bo‘yicha tanlov va tender savdolarini o‘rganib chiqqan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 300 ta tender savdolarida (323,8 mlrd so‘mlik) savdolarni o‘tkazish tartibini buzish, 4 ta savdolarda (18 mlrd so‘mlik) ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, 29 ta savdolarda (26,8 mlrd so‘mlik) manfaatlar to‘qnashuvi, 101 ta holatda shartnoma qiymati 55,3 mlrd so‘mlik xaridlar savdo o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilganlik, 30 ta holatda shartnoma qiymati 26,8 mlrd so‘mlik xaridlarda buyurtmachi va ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik holatlari holati aniqlangan.
Shuningdek, hisobot davrida qiymati 49,3 mlrd so‘mlik 175 ta tanlov savdolari bo‘yicha monitoring ishlari o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, 16 ta holatda savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, 77 ta holatda savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish, 6 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik holatlari, 2 ta holatda buyurtmachi va ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik holatlari aniqlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, davlat xaridlarini amalga oshirishda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi uchun 7 ta budjet tashkilotiga ish qo‘zg‘atilgan.
Qo‘mita budjet tashkilotlari qaysi davlat idorasi ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘iston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qo‘ng‘irotdagi 25 ta namunaviy uy aslida «namunali» bo‘lmay chiqqanini aniqlagandi. O‘shanda uy egalari Senat raisigacha murojaat qilishgan.
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
12:49 / 26.07.2024
Respublika “GAI”ning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonunbuzilish holati aniqlandi
22:06 / 12.01.2024
Davlat xaridi qonunchiligini buzgan 500 ga yaqin mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi
15:34 / 28.10.2023