Jamiyat | 17:12 / 29.07.2021
8334
1 daqiqa o‘qiladi

“Yo‘l yopilgan paytda 25 kmga piyoda qatnab, tarmoqlarni to‘g‘rilaganmiz” - dengiz sathidan 2150 m balandda ishlovchi elektromontyor

Rahim Sattorov uzoq yillardan beri Qamchiq dovonidagi tog‘ tizmalarida elektromontyorlik qiladi.

Uning tog‘-u toshlarda ishlashga qiziqishi shu sohani tanlashiga sabab bo‘lgan.

Usta-montyor dovonda ish qishda avjiga chiqishini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2005 yilda 100 dan oshiq joyda qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Yo‘l ikki haftaga yopilib qolgan, natijada 25 km masofaga piyoda qatnab, 5 metrgacha yetgan qorni kechib ishlashga to‘g‘ri kelgan.

Rahim akaning yo‘ldan o‘tuvchi haydovchilarga ham ko‘p nafi tekkan. Ayniqsa, muzlamali kunlarda yo‘lda qolib ketganlarning og‘irini yengil qilgan.

Ajoyib manzarali yerlarda ishlash odamga zavq bag‘ishlaydi.

Qahramonimiz ham shunday joylarda ishlashidan juda xursand.

Mavzuga oid