Afg‘onistonda BMT qarorgohiga hujum qilindi
Afg‘onistonning Hirot shahrida BMT qarorgohiga hujum qilindi. Buning oqibatida bir afg‘on politsiyachisi halok bo‘ldi, bir necha zobitlar yaralandi. Bu haqda BMTning Afg‘onistonga ko‘mak ko‘rsatish missiyasi ma'lum qildi.
BMT qarorgohi granatomyot va artilleriya zarbasiga uchragan, xodimlardan birortasiga shikast yetmagan.
“BMT qarorgohiga hujum qilinishi afsuslanarli holatdir va biz uni qat'iyan qoralaymiz. Bizning o‘ylar halok bo‘lgan zobit oilasi bilan va yaralanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilab qolamiz”, deb aytgan missiya rahbari Debora Layons.
U shuningdek, hujumga aloqadorlar aniqlanib, javobgarlikka tortilishi kerakligini aytgan.
Ta'kidlanishicha, hujum yuz bergan hududda 30 iyulda “Tolibon” va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar borgan.
Mavzuga oid
16:16
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
17:39 / 07.11.2024