O‘zbekiston | 18:40 / 04.08.2021
8769
2 daqiqa o‘qiladi

3 yillik ta'limni 3 oylik amaliyotda o‘rganish mumkin - Navoiyda monomarkaz ishga tushdi

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Navoiy shahrida monomarkaz ishga tushdi. Unda 32 ta yo‘nalishda kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish kurslari tashkil etildi.

Markazning ochilish marosimida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumki, bugungi kunda ko‘plab vatandoshlarimiz chet davlatlarda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ammo ular xorijiy tillarni bilmaslik tufayli ayrim hollarda qiyinchiliklarga duch kelishyapti.

Ta'kidlanishicha, monomarkazda dunyo mehnat bozoriga xorijiy tillarni, jumladan, yapon tilini biladigan mutaxassislar ham tayyorlanadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ko‘ra, monomarkazda 3 oy o‘qib olingan diplom 3 yil kasb-hunar maktablarida o‘qib olingan diplom bilan bir xil darajaga ega. Bu esa kasb-hunar o‘rganuvchilarning ham vaqti, ham xarajati tejalishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Monomarkazlarning tashkil etilishiga fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish orqali ishsizlikni kamaytirishda samarali yechim, deya qaralmoqda.

Mavzuga oid