Surxondaryoda «tonirovka» qilingan va davlat raqami bo‘lmagan mashinani boshqargan IIB xodimiga chora ko‘rildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida oynalari qoraytirilgan va davlat raqami bo‘lmagan «Kobalt» mashinasini boshqargan IIB xodimiga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanida IIB xodimi ekani aytilayotgan xodim oynalari qoraytirilgan va davlat raqami bo‘lmagan «Kobalt» mashinasini boshqarib yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB YHXB mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv olib borgan.
Surishtiruvda aniqlanishicha, ushbu avtomashina Denov tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimi D.O.ga tegishli ekani aniqlangan. Haydovchiga nisbatan YPX xodimlari tomonidan tegishli tartibda elektron bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024
Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi
11:37 / 30.08.2024