O‘zbekiston | 09:12 / 05.08.2021
1891
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyer shahrida kam ta'minlagan va yordamga muhtoj aholi qatlami uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Yangiyer shahrida istiqomat qilayotgan, ijtimoiy kam ta'minlangan, yordamga muhtoj, ko‘p farzandli, boquvchisini yo‘qotgan oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdi. Bu haqda viloyat SSB ma'lum qildi.

Tibbiy ko‘rik davomida yurak qon-tomir, endokrin bezi, oshqozon-ichak tizimi bilan bog‘liq surunkali gastrit, allergiya, bolalarda uchrayotgan kasalliklarni aniqlash va uni profilaktikasiga e'tibor qaratildi.

Tadbir davomida Yangiyer shahrining 11 ta mahallasida istiqomat qilayotgan 654 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj, ehtiyojmand aholi qatlami qamrab olindi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Ularga «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi mablag‘lari hisobiga keltirilgan dori vositalari, vitaminlar to‘plami, tibbiy gigiyenik vositalar, bolalar tagligi, salfetka va zarur vositalar bepul tarqatildi.

Mavzuga oid