Iqtisodiyot | 08:32 / 06.08.2021
11732
2 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligining vazifalari kengaytirildi

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Hujjat bilan 26.03.2020 yildagi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5975-son farmonda bayon etilgan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalariga qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, vazirlik zimmasiga davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • «Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat» loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek xususiy sektorning tegishli takliflarini e'lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
  • xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan.

Mavzuga oid