O‘zbekiston | 10:27 / 07.08.2021
2189
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda yuk mashinasi eshak-aravani urib yubordi. Voyaga yetmagan o‘quvchi tan jarohatlari oldi

Jizzax viloyati Zomin tumanida yuk mashinasi eshak-aravani urib yuborgan. Oqibatda unda bo‘lgan maktab o‘quvchisi tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Jizzax viloyati Zomin tumani «Yoshlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-194 Peshag‘or-Zarbdor-Yangiyer yo‘lining 3-kilometrida «GAZ-53» rusumli yuk mashinasi eshak-aravani urib yuborgan.

Oqibatda eshak-aravada bo‘lgan, shu hududda yashovchi 7-sinf o‘quvchisi O.J. o‘ng oyoq boldir suyagining ochiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur hodisa haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi tufayli sodir bergan. Hozirda Zomin tuman IIB YHXB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid