SpaceX eng katta fazoviy raketani qurdi
Raketaning umumiy uzunligi 120 metrni tashkil qiladi. Kompaniya uni yaratish ustida bir necha yildan beri ish olib bormoqda va bu vaqt ichida uning bir nechta prototipini sinovdan o‘tkazdi. Ulardan ba'zilari sinovlar vaqtida portlab ketgan, ba'zilarini esa uchirishga muvaffaq bo‘lingan.
AQShning SpaceX kompaniyasi tarixdagi eng katta Starship raketasini yig‘di. Raketa uzunligi 120 metrni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich uni fazoviy parvozlar uchun qurilgan tarixdagi eng katta raketaga aylantiradi.
Raketani yig‘ish ishlari Texas shtatidagi Boka-Chika kosmodromida olib borilgan. Bu jarayon YouTube’da jonli efirda namoyish qilingan.
Starship’ning ikki pog‘onali to‘laqonli prototipi birinchi orbital parvozni amalga oshiradi. Biroq parvoz sanasi sir saqlanmoqda.
SpaceX raketadan Oy va Marsga parvozlar uchun foydalanmoqchi.
Mavzuga oid
11:20 / 19.09.2024
Shimoliy Koreya yana raketa sinovlarini o‘tkazdi
23:02 / 14.09.2024
Ilon Mask insoniyatni yo‘q bo‘lib ketishdan qutqarish shartini aytdi
20:36 / 12.09.2024
Tarixda ilk bor professional bo‘lmagan astronavtlar ochiq kosmosga chiqdi
09:48 / 12.09.2024