AQSh tomonidan taqdim etilgan tibbiy niqoblarning birinchi qismi O‘zbekistonga olib kelindi
«Global Jewish Assistance and Relief Network» (AQSh) jamg‘armasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim etilgan tibbiy niqoblarining birinchi qismi O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi va Isroildagi elchixonasi hamkorligida «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi samolyotida Toshkentga yetkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Umumiy qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan qariyb 270 ming dona tibbiy niqoblarning 134 ming 400 donasi bugun mamlakatga olib kelindi.
«Shu kunga qadar pandemiyaga qarshi kurash doirasida jamg‘arma Rossiya, Ukraina, Belarus va Moldovaga 200 million AQSh dollaridan ziyod miqdordagi gumanitar ko‘mak yubordi. Bugun birinchi marta koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga turli rusumdagi tibbiy niqoblarni jo‘natdik», - deydi «Global Jewish Assistance and Relief Network» jamg‘armasi asoschisi va direktori Eliyezer Avtzon.
Mazkur insonparvarlik yukini O‘zbekistonga yuborish xarajatlari Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Furqat Rajabov hisobidan qoplandi.
Bildirilishicha, niqoblar o‘rnatilgan tartibda respublikaning tegishli tibbiyot muassasalari o‘rtasida tarqatiladi. Shuningdek, niqoblarning ikkinchi turkumi ham tez kunlarda O‘zbekistonga olib kelinadi.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024