Jahon | 10:08 / 09.08.2021
5238
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning 300 mingga yaqin aholisiga to‘fon sababli xavfsiz joyga ko‘chish buyurildi

Foto: IZVeSTIYa

Yaponiyaning kamida 291 ming fuqarosi “Lupit” to‘foni oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘chki va suv toshqinlari sababli xavfsiz joyga ko‘chish haqida ogohlantirish oldi.

NHK telekanalining xabar berishicha, tegishli ko‘rsatmalar mamlakat g‘arbidagi Xirosima va Simane hamda markazida joylashgan Ayti prefekturalari aholisiga yo‘llangan. Shu bilan birga, Yaponiya mutasaddi idoralari mamlakatning janubi-g‘arbiy hududlari aholisi uchun avval berilgan bunday ko‘rsatmani bekor qildi.

“Lupit” joriy yilda Tinch okeanida yuzaga kelgan 9-to‘fon hisoblanadi. Ayni vaqtda u Yaponiyaning g‘arbiy hududlarini tark etib, shimoli-sharqi tomon yo‘nalmoqda. Undagi shamol tezligi 23-35 metr/soniyani tashkil qilmoqda.

Yapon aviakompaniyalari to‘fon sababli 63 ta reysni bekor qilgan.

Avvalroq 160 mingga yaqin yaponiyalikka to‘fon sababli xavfsiz joyga ko‘chish tavsiya qilingandi.

Mavzuga oid