Jahon | 19:16 / 11.08.2021
9957
1 daqiqa o‘qiladi

JSST «Sputnik V»ni sentyabr o‘rtalarida ma'qullashi mumkin

Rossiyada «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarshi vaksina sifatida o‘tgan yil avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Foto: REUTERS/Dado Ruvic

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini sentyabr o‘rtalarida ma'qullashi mumkin. Bu haqda JSST bosh direktori yordamchisi Marianjyela Simao ma'lum qildi.

«Hozirda «Sputnik» bo‘yicha yuridik jarayonlar olib borilmoqda. Shuningdek, bu vaksinani COVAX mexanizmi portfeliga kiritish bo‘yicha tahlil o‘tkazishni boshladik. Aniq muddatini bilmaymiz, ammo sentyabr o‘rtalarida ma'qullanishi mumkin», — dedi Simao.

Ma'lumot uchun, Rossiyada «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarshi vaksina sifatida o‘tgan yil avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

«Sputnik V» 70 davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mavzuga oid