O‘zbekiston | 08:02 / 11.08.2021
25810
1 daqiqa o‘qiladi

«UZB», «AAA» seriyali avtoraqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin - YHXBB boshlig‘i

«UZB», «AAA» kabi seriyali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda, bu raqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Olim Saidov ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali davlat raqamlari bilan bog‘liq korrupsion omillarga barham berildi.

«UZB» yoki «AAA» kabi seriali davlat avtomobil raqamlari biror bir tashkilot yoki muayyan shaxslarga biriktirilmagan. Ushbu davlat raqamlari — ochiq savdoda bo‘lgan davlat raqam belgilari hisoblanadi. Masalan, «AAA» seriyali davlat raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan, bemalol murojaat qilishingiz mumkin», dedi Olim Saidov.

Uning ta'kidlashicha, «UZB» seriali raqamlarni ham xuddi shunday tartibda istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin.

Mavzuga oid