YeTTB O‘zbekistonga elektr energetikani rivojlantirish uchun 81,6 mln yevro ajratdi
Vazirlar Mahkamasining “Hayotiy muhim infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Loyihani amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 81,6 mln yevro miqdorida 7 yil muddatga, shu jumladan 30 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 1 foiz plyus 6 oylik Euribor stavkasida va majburiyat uchun komissiya 0,5 foiz stavkasida qarz ajratiladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish sxemasi;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarzini "Toshkent IES" AJ, "Navoiy IES" AJ, "Taxiatosh IES" AJ, “Sirdaryo IES" AJ, "Tallimarjon IES" AJ tomonidan qaytarishning prognoz jadvallari.
Loyihani amalga oshirish muddati 2 yilni (2021-2022 yillar) tashkil etadi. Belgilanishicha:
- "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha mas'ul;
- "Toshkent IES" AJ, "Navoiy IES" AJ, "Taxiatosh IES" AJ, "Sirdaryo IES" AJ, "Tallimarjon IES" AJ qarzdan maqsadli hamda samarali foydalanish bo‘yicha tashabbuskor mas'ul ijrochilar - qarz oluvchilar hisoblanadi;
- asosiy qarzni qaytarish, foizlar, bir martalik komissiya va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar IESning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 02.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
07:53 / 30.08.2024
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi
18:48 / 24.05.2024
YeTTB Markaziy Osiyo bo‘limiga yangi direktor tayinlandi
15:03 / 15.05.2024
YeTTB 2024 yilda Rossiyaning iqtisodiy o‘sishi prognozini 2,5 foizgacha yaxshiladi
22:40 / 02.05.2024