Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan test jarayonlarida 21 nafar abituriyent imtihondan chetlashtirilgan
Sirdaryo viloyatida OTM bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga kirish test sinovlarini o‘tkazish 2021 yilning 5-14 avgust kunlariga rejalashtirilgan. Test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan Guliston shahridagi «Guliston markaziy o‘yingohi» bir kunda ikki smenada, 1800 nafardan jami 3600 nafar abituriyentni qabul qiladi. Bu haqda DTM Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Alisher Baxromov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Test sinovlari uchun Sirdaryo viloyati hududini tanlagan abituriyentlar soni 35 800 nafarni tashkil etadi, hozirga qadar 28 800 nafar abituriyent ishtirok etdi. Test jarayonlarini shaffof tarzda o‘tkazish uchun 140 nafar nazoratchi tayinlangan. Jarayonlarni kuzatib borish uchun 77 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Hozirgi kunga qadar turli shpargalkalar, telefon olib kirishga urinishlar aniqlangan va 21 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Mavzuga oid
19:22 / 21.09.2024
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
08:58 / 21.09.2024
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
11:32 / 11.08.2024