O‘zbekiston | 09:36 / 14.08.2021
7409
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasining yana bir partiyasi olib kelindi
O‘zbekistonga AstraZeneca vaksinasining yana bir partiyasi olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 14 avgust kuni respublikaga COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi.
Ma'lumot o‘rnida aytilishicha, mamlakatga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetdi.
Ulardan:
- 370 000 dozasi "Sputnik V";
- 986 480 dozasi AstraZeneca;
- 10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
- 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Avvalroq, Germaniya hukumati SOVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga 355 ming 200 doza vaksina yetkazib berishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:30 / 16.08.2024
AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
20:41 / 08.05.2024
AstraZeneca o‘zining COVID-19 vaksinasini bozordan qaytarib oldi
22:00 / 30.04.2024
AstraZeneca koronavirusga qarshi o‘z vaksinasi tromb hosil qilishi mumkinligini tan oldi
19:16 / 26.11.2021