Samarqandda pandemiya davrida talab yuqori bo‘lgan dorilarni noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi
Samarqand shahrida pandemiya davrida talab yuqori bo‘lgan dorilarni noqonuniy sotayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi va Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Kaftarxona mahallasidagi shohbekatda Samarqand shahrida yashovchi shaxs dori vositalarini dorixonalardan tashqarida realizatsiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab sotayotganda ushlangan.
U koronavirus kasalligini davolashda keng qo‘llaniladigan, Hindistonda ishlab chiqarilgan 50 quti «Remdesivir» dori vositasining har bir qutisini 1 million 50 ming so‘mdan hisoblab jami 5 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 29.10.2024
Samarqandda savdo do‘koni yonib ketdi
19:09 / 28.10.2024