Merkel Germaniya Afg‘onistondan 10 ming kishini evakuatsiya qilishi kerakligini aytdi
Kansler shuningdek, Germaniya qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilishi kerakligini aytgan.
Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniya Afg‘onistondan 10 ming kishini evakuatsiya qilishiga to‘g‘ri kelishini aytdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, ular GFR bilan hamkorlik qilgan 2,5 ming nafar afg‘onistonliklar, yuristlar, huquq himoyachilari va ta'qib qilinishi mumkin bo‘lgan barcha fuqarolardir.
Kansler shuningdek, Germaniya qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilishi kerakligini aytgan.
Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakilining aytishicha, evakuatsiya qancha vaqtni talab qilishi aniq emas, chunki Kobul aeroportidagi vaziyat murakkab bo‘lib turibdi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShning o‘nlab harbiy transport samolyotlari amerikalik diplomatlar, NATO xodimlari va G‘arbga toliblarga qarshi kurashda yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilish uchun yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024