Jamiyat | 21:25 / 16.08.2021
14997
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshida «Neksiya» piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi. 1 yoshga yetmagan go‘dak vafot etdi 

Qarshi shahridagi ko‘chalardan birida «Neksiya» mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ona-bolani urib yuborgan. Oqibatda 1 yoshga to‘lmagan go‘dak vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga Qarshi shahar YHXB inspektori Ahror Usmonov xabar berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yil 10 avgust kuni Qarshi shahar Mustaqillik ko‘chasida, davlat xizmatlari agentligi binosi ro‘parasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Haydovchi F.E. boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan aravachada bo‘lgan bolasi bilan o‘tayotgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda, bola og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan. 

Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid